Finasia Capital -
global moliyaviy ekosistema bilan uyg'unlikda
Xizmatlarimiz
Moliyaviy resurs jalb qilishga tayyorgarlik:
- Korxonaning moliyaviy profilini ishlab chiqish
- Xalqaro reyting masalalarida ko'maklashish
- ESG(Atrof-muhit, Ijtimoiy mas'uliyat va Boshqaruv) reyting olishda ko'maklashish
- Korxonaning pul oqimlarini moliyaviy modellashtirish
- Korxona uchun investor taqdimotini tayyorlash
- Xalqaro moliya institutlari va investitsiya banklari hamda institutsional investorlar bilan aloqalar o'rnatish
Moliyaviy manbalarni diversifikatsiya qilish:
- Xalqaro obligatsiyalar
- Xususiy qarzni joylashtirish
- Loyihani moliyalashtirish
- Xalqaro moliya institutlari orqali moliyalashtirish
- Hisob-fakturani moliyalashtirish
- Savdoni moliyalashtirish
- Eksport kredit agentliklari orqali moliyalashtirish
- Islom banklari va tashkilotlari orqali moliyalashtirish
Moliyaviy reabilitatsiya:
- Korxonani keng ko'lamli ekspertizadan o'tkazish (Due Diligence, SWOT analysis)
- Mavjud qarzdorlikni, moliyaviy va boshqa kovenantlarni o'rganish
- Korxona uchun eng maqbul qarz strategiyasini tayyorlash
- Qarz to'lovlarini korxona pul oqimlariga moslash
- Kreditor banklar bilan muzokaralar o'tkazish
- Korxonaning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlashda ko'maklashish
Bizning Jamoamiz
Odilbek Isakov
Ta'sischi va Boshqaruvchi Direktor
Odilbek Isakov - Buyuk Britaniyaning Finasia Capital Ltd - O‘zbekiston va rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy xizmatlar va qarz jalb
qilishda ko'mak beradigan ilg'or jahon tajribasiga ega mutaxassis hisoblanadi. Londonda global bosh ofisi joylashgan HSBC investitsiya
bankida kredit bozorlari, qarz kapitali bozori hamda moliyaviy xatarlarni boshqarish bo‘yicha 12 yillik tajribaga ega bo‘lgan Odilbek Isakov
Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasidagi hukumatlar va korporatsiyalarga 115 milliard AQSh dollaridan ortiq
mablag‘ni jalb qilgan.
2019-yilning martidan 2023-yilning fevraligacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida Davlat qarzini boshqarish,
Xalqaro reytinglar bilan ishlash, Kapital bozorini tartibga solish va rivojlantirish hamda Davlat Xususiy Sheriklik loyihalarini amalga
oshirish kabi bir qator yo'nalishlarga mas'ul bo'lgan.
Ushbu davr mobaynida u davlat qarzini boshqarish, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy
qilish, kapital bozorini erkinlashtirish va xorijiy investorlarga ochish, O'zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda nufuzini
oshirish kabi yo'nalishlarda muhim huquqiy bazani yaratishda faol ishtirok etgan.
2019-2023 yillar davomida Odilbek Isakov 2.85 mlrd AQSh dollari va 8.75 trillion so'm miqdorida suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 1.9
mlrd AQSh dollari korporativ xalqaro obligatsiyalar jahon moliya bozorida muvaffaqiyatli chiqarilishi va joylashtirilishini boshqargan.
Undan tashqari, Odilbek Isakov 20 mlrd AQSh dollariga yaqin xorijiy kreditlarni xalqaro moliya institutlaridan O'zbekistondagi yirik
loyihalarga jalb qilish jarayonida qatnashgan.
U Chartered Financial Analyst (CFA) unvoniga ega.
Odilbek Isakov 2006-yili Buyuk Britaniyaning Strathclyde universitetida moliya boʻyicha magistr darajasini, 2002-yili esa Manchester
Metropolitan universitetida biznes iqtisodiyoti boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan.
Nodir Nuritdinov
Katta Direktor
Nodir Nuritdinov Finasia Capital Moliyaviy model bo'yicha katta konsultanti. 2019– 2022 yillar davomida Nodir O’zbekiston Moliya vazirligi
huzuridagi DXSHni rivojlantirish agentligiga rahbarlik qildi.
Asosiy yutuqlari: DXShning huquqiy asoslari belgilandi va unga ko’ra davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi yangi
qonunlar kuchga kirdi, jumladan: Vazirlar Mahkamasining 259-sonli DXSh loyihalarini amalga oshirish tartiblarini ishlab chiqish
to‘g‘risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 509-sonli DXSh loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarori ishlab chiqildi. Infratuzilma
loyihalari amalga oshirildi: 10 ta loyiha, jumladan CCGT elektr stansiyalari (jami 4 GVt), quyosh elektrostansiyasi (jami 2 GVt), shamol
elektrostansiyasi (jami 500 MVt), Toshkent shahrini isitish tizimi, Samarqand xalqaro aeroporti, Namangan suv tozalash inshooti, Toshkent,
Xorazm va Qoraqalpog’istondagi dializ markazlari loyihalarini tijoriy yakunlashga erishdi. Ko’p tarmoqli shifoxonalar, radioterapiya
markazlari, Toshkent viloyati qattiq chiqindilarni boshqarish, Toshkent viloyatidagi 13 ta maktab, talabalar turar joylari, shu jumladan
boshqa loyihalarni tuzish va tayyorlash bo’yicha ishlarni olib bordi. Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand yo’llari. Hukumatga
qo’shilishdan oldin Nodir qurilish, infratuzilmani rivojlantirish va xizmat ko’rsatish sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega bo’lgan,
aksariyat loyihlari Buyuk Britaniyadagi DXSh loyihalari (PFI) bilan bog’liq edi. Nodir Deloitte, Bouygues va Colinson Group kompaniyalarida
ishlagan. U ICAEW ning toʻliq aʼzosi va ACA serifikatiga ega.
Otabek Isakov
Ijrochi DirektorOtabek Isakov - Ijrochi direktor sifatida tashkilot missiyasini ilgari surish, strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini boshqarishni tashkil qiladi. U ilk mehnat faoliyatini Oʻzbekistondagi ochiq aksiyadorlik tijorat banki Kapital Bankda kredit monitoringi bo'yicha mutaxassis lavozimida boshlagan. Keyinchalik Londonda joylashgan Safenetpay xalqaro to'lovlarni amalga oshirish kompaniyasida dastlab marketing bo'yicha ijrochi direktor, keyinchalik xalqaro pul o'tkazmalarini monitoringi bo'yicha katta mutaxassis lavozimlarida ishlagan. Shuningdek Moneff xalqaro fintech (Moliyaviy texnologiyalar) kompaniyasida u komplayns bo'yicha tahlilchi va mijozlarga hisob raqamlar ochish bo'yicha yetakchi mutaxassis sifatida foliyatini davom ettirgan. Otabek Buyuk Britianiyaning Lofboro Universitetining Biznes va Iqtisodiyot fakultetida marketing bo‘yicha magistr darajasini olgan va Toshkent Moliya institutining bank ishi bakalavriatiga ega. U shu bilan birga ICA (Xalqaro Komplaynslar Assotsatsiyasi) a'zosi hisoblanadi va 2023 yilda "Amaliyotda mijozlarni baholash va ekpertiza qilish" dasturida ta'lim olib, oliy darajali diplomini qo'lga kiritgan.
Foziljon Irgashev
Direktor o‘rinbosariMaslahatchi, Moliyaviy va Biznes Tahlilchi, Menejer, PricewaterhouseCoopers (PwC), Toshkent Foziljon Irgashev — Finasia Capital jamoasiga qushilgunga qadar olti yildan ortiq vaqt davomida moliyaviy va biznes tahlilchi bo‘lib, PwC Toshkent ofisida menejer lavozimida ishlagan. U bank, moliya va korporativ sohalarda raqamli transformatsiya, moliyaviy samaradorlik va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv loyihalariga rahbarlik qilgan. Uning moliyaviy modellashtirish, foydalilik tahlili, hisobotlarni avtomatlashtirish va raqamli yechimlarni joriy etishda Alteryx, Python, Power BI va UiPath kabi zamonaviy vositalardan samarali foydalanish tajribasi bizga moliyaviy konsaltingning barcha jabhalarini qamrab olgan maslahatchilar sifatida o’sishimizga o’z hissasini qo’shadi. Foziljon, Koreya Taraqqiyot Instituti (KDI)da moliya va davlat siyosati bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lib, Koreya hukumati grant dasturi doirasida tahsil olgan. Shuningdek, Toshkent Sharqshunoslik davlat institutida xalqaro munosabatlar bakalavriatini tamomlagan. Foziljon, o‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin so‘zlashadi hamda moliyaviy tahlil va raqamli texnologiyalar sohasida chuqur bilim va strategik fikrlashni uyg‘unlashtirgan mutaxassisdir.
Talgat Khudaybergenov
Moliyaviy maslahatchi yordamchisiTalgat Xudaybergenov loyiha boshqaruvi, loyiha moliyalashtirish, suveren qarz olish va neft muhandisligi sohalarida yuqori malakali mutaxassis bo‘lib, davlat va xususiy sektorlarda deyarli o‘n yillik tajribaga ega. U loyiha dizayni va hukumat idoralari bilan muvofiqlashtirish jarayonida muhim rol o‘ynab, samarali amalga oshirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shadi. Talgat O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligida yuqori lavozimlarda ishlagan bo‘lib, u yerda suveren qarz olish, davlat-xususiy sheriklik (PPP) va davlat kafolatlari bo‘yicha bo‘limlarga rahbarlik qilgan. U xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, yirik infratuzilma loyihalarini tuzgan hamda energiya va infratuzilma sohalaridagi davlat investitsiya dasturlari uchun kredit muzokaralarida ishtirok etgan. Talgatning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish, xalqaro moliya institutlari va PPP loyihalari bilan ishlashdagi keng tajribasi Finasia Capital kompaniyasining to‘liq moliyaviy maslahat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Talgat Rossiya Federatsiyasidagi Qozon Federal Universitetida Iqtisodiyot bo‘yicha hamda O‘zbekistonning Toshkent Davlat Texnika Universitetida Neft muhandisligi bo‘yicha ikkita magistrlik darajasiga ega. U PPP va loyiha moliyalashtirish bo‘yicha (IFC, IMF, APMG International) sertifikatlarga ega. Talgat rus (ona tili), ingliz (erkin) va o‘zbek (erkin) tillarini biladi.
Finasia Capital London va Toshkent shaharlarida o'ndan ortiq yetuk mutaxasislardan tashkil topgan.
Jamoamiz asosan yosh mutaxasislar hisobiga o'sib borish salohiyatiga ega.
Biz nufuzli moliyaviy muassasalar bilan birga ishlaymiz
Xalqaro Moliya Institutlari
Asian Development Bank
Saytga havola →
International Finance Corporation
Saytga havola →
European Bank for Reconstruction and Development
Saytga havola →
Asian Infrastructure Investment Bank
Saytga havola →
European Investment Bank
Saytga havola →
Industrial and Commercial Bank of China
Saytga havola →Xalqaro Banklar
JP Morgan bank
Saytga havola →
Standard Chartered
Saytga havola →Citi
Saytga havola →
MUFG bank
Saytga havola →
Societe Generale
Saytga havola →
Mashreq
Saytga havola →Eksport kredit tashkilotlari
UK Export Finance
Saytga havola →
Euler Hermes
Saytga havola →
SACE
Saytga havola →
Turk Eximbank
Saytga havola →
SINOSURE
Saytga havola →
Finnvera
Saytga havola →Yangilik va e'lonlar
Finasia Capital Aloqabank'ning AQSh va Buyuk Britaniyada o'tkazilgan xalqaro NDR dasturini qo'llab-quvvatladi
Finasia Capital 2026-yil mart oyida AQSh va Buyuk Britaniyada o'tkazilgan xalqaro non-deal roadshow (NDR) doirasida Aloqabank'ga maslahatchi sifatida ko'mak berganidan mamnunligini bildiradi...
Batafsil o'qish...
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Finasia Capital hamkorligida davlat qarzi va Davlat korxonalarining (DK) fiskal tavakkalchiliklarini boshqarish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi
2026-yil 13-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Finasia Capital bilan hamkorlikda qarzni boshqarish amaliyotini mustahkamlash hamda davlat korxonalari bilan bog'liq fiskal tavakkalchiliklar nazoratini takomillashtirishga bag'ishlangan texnik seminar o'tkazdi...
Davomi
Global moliyaga kirish – kichik biznesdan yirik kompaniyalargacha
2026 yil 18 fevralda Finasia Capital o'zining yetakchi konferensiyasini Hyatt Regency Toshkentda o'tkazdi: yuqori darajali hukumat amaldorlari, xalqaro moliya institutlari, global tijorat banklari, rivojlanish hamkorlari, yuridik maslahatchilar va O'zbekistonning yetakchi korporatsiyalari hamda kichik biznes vakillarini bir aroyga to'pladi...
Davomi
Finasia Capital Citi boshchiligidagi ECA moliyalashtirish treningida ishtirok etdi
Finasia Capital Citi Bank tomonidan tashkil etilgan Eksport kredit agentliklari (ECA) ko‘magidagi moliyalashtirish mavzusidagi treningda ishtirok etdi. Bu Finasia Capital’ning uzluksiz kasbiy rivojlanish hamda O‘zbekistonning xalqaro moliyalashtirish bozorlariga kengroq chiqishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qat’iy yondashuvini tasdiqlaydi. Sessiyada...
Davomi
Finasia Capital O‘zbekistonning CEE Forumdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatladi
Vena, Avstriya — Finasia Capital global moliya sohasidagi eng nufuzli yillik tadbirlardan biri bo‘lgan The Central & Eastern European Forum (CEE Forum) da ishtirok etdi. Ushbu ishtirok kompaniyaning xalqaro moliyaviy maslahatchi sifatidagi rolini va O‘zbekistonning global kapital bozorlaridagi ishtirokini yanada mustahkamladi...
Davomi
Finasia Capital O‘zbekistonning GBM Awards 2025’dagi yirik yutuqlarini ta’minlashda faol ishtirok etdi
Finasia Capital GBM Awards: CEE, Central Asia & Türkiye 2025 doirasida O‘zbekiston nomidan taqdim etilgan suveren va korporativ bitimlarning yuqori e’tirof etilganidan mamnun. Mamlakat emitentlari ishtirokidagi to‘rtta tranzaksiya o‘z mintaqasi bo‘yicha yetakchi mukofotlarga sazovor bo‘ldi...
Davomi
Finasia Capital Global Banking & Markets: CEE, Central Asia & Türkiye 2025 tadbirida ishtirok etdi
Global Banking & Markets (GBM): CEE, Central Asia & Türkiye 2025 yilning 25–26 noyabr kunlari Istanbuldagi Swissôtel Bosphorus mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yetakchi moliya institutlari davlat idoralari vakillari, global banklar, korporativ emitentlar va maslahatchi kompaniyalar...
Davomi
UzNIF — Tashkent Investor Day 2025
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Investitsiya Jamg‘armasi (UzNIF), boshqaruvchi Franklin Templeton, Tashkent Investor Day 2025 tadbirini tashkil etdi. Unda 67 ta investitsiya kompaniyasidan 200 dan ortiq ishtirokchi, jumladan 1 trillion AQSh dollaridan ortiq aktivlarni boshqaruvchi global aktivlar boshqaruvchilari qatnashdi...
Davomi
“Uzmetkombinat” AJning Londondagi strategik tashrifida Finasia Capital ko‘magi
2025-yil oktyabr oyi boshida Finasia Capital kompaniyasi “Uzmetkombinat” AJ delegatsiyasiga (Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchiligida) London shahrida yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar, investitsiya banklari va reyting agentliklari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida hamrohlik qildi...
Davomi
Finasia Capital Agrobank delegatsiyasiga Yaponiya va Janubiy Koreyadagi Non-Deal Roadshow davomida hamrohlik qildi
Finasia Capital ATB Agrobankning yaqinda Yaponiya va Janubiy Koreyaga uyushtirilgan Non-Deal Roadshow (NDR) safarida bankni qo‘llab-quvvatladi. Safar xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, eksport-kredit agentliklari bilan aloqalarni kengaytirish hamda...
Davomi
Finasia Capital bosh direktori O‘zbekistondagi xalqaro forumda islomiy moliyaning qashshoqlikni kamaytirishdagi rolini ta’kidladi
Finasia Capital bosh direktori janob Odilbek Isakov 17–18 sentyabr kunlari Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro Qashshoqlikni kamaytirish forumida «Islomiy moliyaning qashshoqlikni kamaytirishdagi roli: yangi imkoniyatlar...
Davomi
Finasia Capital Oʻzbekistonning Yashil Oʻtish va Global Moliyalashtirishga Chiqish bo‘yicha forumini o‘tkazdi
Finasia Capital va Infrasia Capital, Yevropa–Oʻzbekiston Iqtisodiy Hamkorlik Assotsiatsiyasi (EUROUZ) hamkorligida “Oʻzbekistonning Yashil Oʻtishi va Global Moliyalashtirishga Chiqish: Davlat Korxonalari Tajribasi va Xususiy Sektor Uchun Implikatsiyalar”...
Davomi
Keng qamrovli IPO o‘quv seminari
Finasia Capital, STJ Advisors va ScholzVonGleich (SSF Konsorsiumi) bilan hamkorlikda O‘zbekiston kapital bozori ishtirokchilari uchun ikki kunlik IPO o‘quv seminarini tashkil etdi. 11-sentabr kuni Franklin Templetonning UzNIF boshqaruv jamoasi uchun texnik sessiya o‘tkazild...
Davomi
Oʻzbekiston MDH obligatsiya bozorlarining “urib turgan yuragi”ga aylanmoqda
Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) obligatsiya bozorlarining eng faol ishtirokchilaridan biriga aylandi. Bunga barqaror makroiqtisodiy sharoitlar, tarkibiy islohotlar va global kapital bozorlarida izchil ishtirok etish omil boʻlmoqda...
Davomi
Finasia Capital Ltd – Taraqqiyot uchun hamkorlik: Agrobank Euromoney mukofotini qo'lga kiritdi
London shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli Euromoney Awards for Excellence 2025 marosimida Agrobank “O‘zbekistondagi eng yaxshi korporativ mas’uliyatli bank” deb e’tirof etildi. 1992-yilda tashkil etilgan Euromoney mukofotlari jahon moliya sanoatida eng obro‘li e’tirof hisoblanadi...
Davomi
O‘zbekiston Milliy Banki ikki transhli Evroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (NBU) ikki transhli Evroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi va bir yillik tanaffusdan so‘ng xalqaro kapital bozorlariga qaytdi. Ushbu bitim global investorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi...
Davomi
NavoiyUran’ning birinchi Evroobligatsiya chiqarilishi: xalqaro kapital bozorlariga strategik kirish
Dunyoning oltinchi yirik uran ishlab chiqaruvchisi hisoblangan NavoiyUran davlat korxonasi o‘zining birinchi Evroobligatsiya chiqarilishini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu kompaniya uchun xalqaro kapital bozorlariga kirishdagi muhim bosqich bo‘lib, uning uzoq muddatli moliyaviy va strategik rejalarining ajralmas qismi hisoblanadi...
Davomi
Buyuk Britaniya–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash
Finasia Capital kompaniyasi Buyuk Britaniya–O‘zbekiston Evroobligatsiyalar chiqarilishi, IPO va Korporativ boshqaruv bo‘yicha seminarni Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi, TheCityUK va O&M Capital Partners bilan hamkorlikda tashkil etganidan mamnun. Tadbir Londonning Canary Wharf hududidagi Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi va unda yurtimizning yirik davlat korxonalari, moliyaviy institutlari va Buyuk Britaniyaning yetakchi...
Davomi
Capital 2025-yilgi Global Qarz Oluvchilar va Obligatsiyalar Investorlari Forumida
Finasia Capital Londondagi mashhur Landmark mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi Global Qarz Oluvchilar va Obligatsiyalar Investorlari Forumida ishtirok etdi. Bu yil 34-marta tashkil etilgan ushbu Forum – Euromoney Conferences va FT Live tomonidan uyushtirilgan bo‘lib, kapital bozorlari mutaxassislari uchun dunyodagi eng nufuzli uchrashuvlardan biri hisoblanadi...
Davomi
Finasia Capital Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumida ishtirok etdi
2025-yil 9–12-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi (TIIF) yakuniga yetdi. Forumda 90 dan ortiq kompaniyalar va yuqori darajadagi mehmonlar ishtirok etdi. Bu yilgi tadbir barqarorlik, innovatsiya va davlat-xususiy...
Davomi
Finasia Capital Franklin Templeton va strategik hamkorlar bilan birgalikda O‘zbekistonda IPO seminari o‘tkazdi
O‘zbekistonning kapital bozori islohotlari doirasida 2025-yil 11-iyun kuni Toshkentda IPO seminari bo‘lib o‘tdi. Unda yirik davlat korxonalari (DK), davlat muassasalari va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi...
Davomi
NKMK 500 million AQSh dollari miqdoridagi evroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi
2025-yil 7-may – Jahonda oltin ishlab chiqarish bo‘yicha 4-o‘rinni egallagan "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ (NKMK) xalqaro kapital bozoridagi ishtirokini yana-da mustahkamlab, 500 million AQSh dollari miqdoridagi...
Davomi
NMMC tomonidan chiqarilgan Yevroobligatsiyalar O‘zbekiston kapital bozorlariga xalqaro qiziqish uyg'otmoqda
Yilning dastlabki besh oyida O‘zbekiston bozoridagi obligatsiya hajmlari rekord darajaga yaqinlashmoqda 2025-yil 7-may kuni Navoi kon-metallurgiya kombinati (NKMK) tomonidan 500 million AQSh dollari miqdoridagi...
Davomi
Finasia Capital “O‘zbekneftgaz” AJni 150 mln AQSh dollari va 50 mln yevro miqdoridagi xalqaro klub kreditida moliyaviy maslahatchi sifatida qo‘llab-quvvatladi
Finasia Capital O‘zbekistonning milliy neft-gaz kompaniyasi — “O‘zbekneftgaz” AJ (UNG)ga 150 million AQSh dollari va 50 million yevro miqdoridagi muhim klub kreditini jalb etishda...
Davomi
O‘zbekistonning milliy energetika yetakchisi – “O‘zbekneftgaz” xalqaro qarz bozorlariga muvaffaqiyatli qaytdi
O‘zbekistonning davlatga tegishli, to‘liq integratsiyalashgan neft-gaz kompaniyasi — “O‘zbekneftgaz” AJ (UNG), xalqaro qarz bozorlariga yangi evroobligatsiya chiqarmoqda va bu orqali moliyaviy holatini mustahkamlab, diversifikatsiyalash strategiyasini davom ettirmoqda....
Davomi
Infrasia Capital va Finasia Capital kengaymoqda: yangi ofis, yangi sur’at va turli sohalardagi faol loyihalar
O‘zbekiston taraqqiyoti va xalqaro moliya bozorlari bilan chuqur bog‘langan kompaniyalar sifatida Infrasia Capital va Finasia Capital xizmatlariga bo‘lgan talab keskin oshdi. Infratuzilma investitsiyalarini tuzishdan tortib murakkab xalqaro moliyalashtirish bo‘yicha maslahatlar berishgacha, davlat korxonalari va moliyaviy...
Davomi
Finasia Capital Fitch O'zbekiston Forumi 2025da ishtirok etdi
16-aprel kuni Finasia Capital jamoasi Fitch Ratings tomonidan Toshkentda tashkil etilgan Fitch O'zbekiston Forumida ishtirok etdi. Mazkur forum O‘zbekistonning iqtisodiy istiqbollari va islohotlar dasturini muhokama qilish...
Davomi
O‘zbekiston Investorlar Kuni 2025: Londonda global investitsiya aloqalarini mustahkamlash
London, Buyuk Britaniya – 2025-yil 28-mart – 26–27-mart kunlari Londonda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston Investorlar Kuni 2025” tadbirini O‘zbekistonning London shahridagi Elchixonasi va Raiffeisen Bank International bilan hamkorlikda tashkil etganimizdan g‘oyat faxrlanamiz. Ushbu nufuzli tadbirda...
Davomi
NEGU delegatsiyasi Londonda Finasia Capital tomonidan tashkil etilgan yuqori darajadagi seminar va uchrashuvlarda ishtirok etdi
O‘zbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari (NEGU) boshqaruv jamoasi Londonda o‘z moliyaviy tajribasini oshirish hamda xalqaro banklar, reyting agentliklari va yuridik firmalar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish maqsadida besh kunlik intensiv...
Davomi
Finasia Capital kompaniyasi bosh direktori Odilbek Isakov Markaziy va Sharqiy Yevropa Forumi 2025 da qatnashdi va 30 dan ortiq moliyaviy institutlar hamda global yetakchilar bilan uchrashdi
Finasia Capital hamkori va bosh direktori Odilbek Isakov 2025-yil 13-yanvar kuni Avstriyaning Vena shahrida Euromoney Conferences tomonidan tashkil etilgan "Markaziy va Sharqiy Yevropa Forumi 2025"...
Davomi
Markaziy bank seminarida: Finasia Capital O‘zbekiston banklariga xalqaro moliyalashtirishni jalb qilish uchun kompleks yechimlarni taqdim etdi
Toshkent, O‘zbekiston – 2024-yilning 27-dekabr kuni Londonda joylashgan korporativ moliyaviy maslahat firmasi Finasia Capital, O‘zbekiston Markaziy Bankida (MB) o‘zining qarz bo‘yicha maslahat xizmatlari borasidagi tajribasini namoyish etdi...
Davomi
Finasia Capital Agrobank uchun yana bir katta yutuq: ortiqcha talab bilan ko‘p valyutali yashil sindikat kreditini muvaffaqiyatli yopishda yordam berganidan faxrlanadi
2024-yil 25-noyabr – O‘zbekistonning uchinchi yirik banki Agrobank ko‘p valyutali yashil sindikat kreditini jalb qilish bo‘yicha muhim yutuqqa erishdi. Ushbu muhim kelishuv natijasida jami 250 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb qilindi. Bunga 160 million AQSh dollari...
Davomi
O‘zbekistonning MDH moliya bozorlaridagi rolini ta'kidlash: Finasia Capital bosh direktori va hamasoschisi Odilbek Isakov GBMning Bonds, Loans & ESG Capital Markets 2024 konferensiyasida
Global Banking & Markets (GBM) tomonidan tashkil etilgan "Bonds, Loans & ESG Capital Markets CEE, CIS & Türkiye 2024" konferensiyasi 2024-yil 19-20-noyabrda Istanbulda bo‘lib o‘tdi va 600 dan ortiq ishtirokchilarni, jumladan hukumat vakillari korporativ rahbarlar, investorlar va moliyaviy ekspertlarni...
Davomi
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) Evrobond debyuti: Global kapital bozorlarida muhim yutuq
Oʻzbekistonning davlatga qarashli oltin qazib oluvchi gigant kompaniyasi – Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) xalqaro kapital bozorida oʻzining birinchi evrobond emissiyasi bilan muvaffaqiyatli debyut qildi. Ikkita tranzh boʻyicha chiqarilgan obligatsiyalar, jami 1 milliard dollar qiymatga ega boʻlib, global investorlar tomonidan katta qiziqish uygʻotdi va...
Davomi
Finasia Capital Agrobankning ilk 400 million AQSh dollari miqdoridagi xalqaro korporativ obligatisayalarini (Eurobond) xalqaro moliya bozorlarida muvafaqqiyatli joylashtirishda koʻmaklashganidan faxrlanadi.
2024-yil 25-sentyabrda Oʻzbekistonning uchinchi yirik banki boʻlgan Agrobank oʻzining debyut xalqaro korporativ obligatisayalarini (Eurobond) London va Venna fond birjalarida muvafaqqiyatli joylashtirib, katta yutuqqa erishdi. Strategik oldindan koʻrish va ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish natijasida Agrobank tomonidan 400 million AQSh dollari miqdoridagi 5 yillik AQSh dollaridagi obligatsiyalar...
Davomi
Finasia Capital Oʻzbekistonning “Global Borrowers and Bond Investors Forum” (Global qarz oluvchilar va obligatsiyalar investorlari forumi)da ishtirokni ta’minladi
Londondagi The Landmark mehmonxonasida boʻlib oʻtgan “Global qarz oluvchilar va obligatsiyalar investorlari forumi” ikki qizgʻin kun davomida bitimlar tuzish va tarmoqqa kirishda muhim yutuqlar bilan muvaffaqiyatli yakunlandi. Eng yaxshi emitentlar, investorlar va banklarni yig'ish bilan mashhur bo'lgan tadbir qimmatli qog'ozlar bozori tushunchalari va aloqalarini taqdim etdi...
Davomi
Ijtimoiy tarmoqlarda Finasia Capital Ltd. haqida bildirilgan xabarlarga rasmiy munosabat
Joriy yilning 11 may kuni “Ревизор”, “Generallisimus”, “Yurist maslahati” va boshqa Telegram kanallarida “Вазир маслаҳатчисининг компанияси 665 минг долларлик шартномани қўлга киритди” nomli post e’lon qilindi...
Davomi