UK–Uzbekistan Workshop

Buyuk Britaniya–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash

London, Buyuk Britaniya – 2025-yil 19-iyun – Finasia Capital kompaniyasi Buyuk Britaniya–O‘zbekiston Evroobligatsiyalar chiqarilishi, IPO va Korporativ boshqaruv bo‘yicha seminarni Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi, TheCityUK va O&M Capital Partners bilan hamkorlikda tashkil etganidan mamnun. Tadbir Londonning Canary Wharf hududidagi Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi va unda yurtimizning yirik davlat korxonalari, moliyaviy institutlari va Buyuk Britaniyaning yetakchi investor ekspertlari ishtirok etdi.

🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi

Quyidagi tashkilotlarning yuqori lavozimli vakillari seminarda ishtirok etdilar:

  • Navoi kon-metallurgiya kombinati
  • Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
  • O‘zbekiston Milliy neft-gaz kompaniyasi (Uzbekneftegaz)
  • Navoiyazot
  • Hududiy elektr tarmoqlari
  • O‘zbekgidroenergo
  • O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari
  • O‘zsanoatqurilishbank
  • Agrobank
  • Aloqabank
  • Xalq banki
  • O‘zbekiston aeroportlari
  • UzAuto Motors
Delegation
📌 Seminar yo‘nalishlari
  • Evroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli chiqarish yo‘llari
  • Davlat korxonalarini IPOga tayyorlash
  • Global standartlarga mos korporativ boshqaruv
  • Investorlar bilan aloqalar va ESG strategiyasi
Panel
🤝 Individual investitsiya uchrashuvlari

Kunning ikkinchi yarmida belgilangan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Bu sessiyalar O‘zbekiston kompaniyalari bilan Buyuk Britaniyaning yetakchi institutsional investorlarini yuzma-yuz muloqotga jalb qildi.

  • Sektor bo‘yicha investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilish
  • Kelajakdagi loyihalar va bozorga kirish strategiyalarini ko‘rib chiqish
  • Xavflarni boshqarish, barqarorlik va shaffoflik yuzasidan kelishuvlarga erishish
Investment Dialogue
🌍 Xalqaro kapital bozorlarini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam

Seminar Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi moliyaviy va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi. Bu mamlakatimizda bozor islohotlariga asoslangan kapital bozorlarini rivojlantirishga bo‘lgan sadoqatini va xalqaro investorlar talablariga moslashishga tayyorligini namoyon etdi.

Finasia Capital barcha ishtirokchi tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va O‘zbekistonning asosiy tarmoqlarini global investitsiyalar bilan bog‘laydigan ko‘prik sifatida xizmat qilishda faxrlanadi.

Group Photo