Forum Image

Finasia Capital Agrobankning ilk 400 million AQSh dollari miqdoridagi xalqaro korporativ obligatisayalarini (Eurobond) xalqaro moliya bozorlarida muvafaqqiyatli joylashtirishda koʻmaklashganidan faxrlanadi.

2024-yil 25-sentyabrda Oʻzbekistonning uchinchi yirik banki boʻlgan Agrobank oʻzining debyut xalqaro korporativ obligatisayalarini (Eurobond) London va Venna fond birjalarida muvafaqqiyatli joylashtirib, katta yutuqqa erishdi. Strategik oldindan koʻrish va ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish natijasida Agrobank tomonidan 400 million AQSh dollari miqdoridagi 5 yillik AQSh dollaridagi obligatsiyalar 9.25% foiz stavkasi (kupon) va 700 milliard soʻm miqdoridagi (55 million AQSh dollari ekvivalentida) 2 yillik O`zbek so`mida denominatsiya qilingan obligatsiyalar 21.75% foiz stavkasi (kupon) bilan chiqarildi. Investorlar tomonidan ushbu obligatsiyalarga boʻlgan talab yuqori boʻlib, buyurtmalar kitobi 1 milliard AQSh dollaridan oshib ketdi. Bu, o`z navbatida, Oʻzbekiston kapital bozorlariga va Agrobankning yorqin kelajagiga boʻlgan xalqaro ishonchni koʻrsatadi.

Hamkorlikdagi Sa’y - Harakatlar: Finasia Capitalning Roli:

Forum Image

Finasia Capital loyihaning dastlabki bosqichlaridan boshlab Agrobank rahbariyati va jamoasiga moliyaviy maslahatchi sifatida xizmat koʻrsatganidan va bu jarayon davomida jamoasi bilan keng koʻlamli ishlarni amalga oshirganidan faxrlanadi. Xususan, kompaniya tomonidan Agrobankning moliyaviy holati va ehtiyojlari o`rganilgan holda, O`zbekistonda birinchi marotaba bank-anderrayterlarga obligatsiyalarni chiqarish va sindikatlangan kreditni tashkillashtirish uchun mandat berish tajribasi qo`llanildi. Sindikatlangan kredit tranzaksiyasi joriy yilning oktyabr oyi oxirlarida yakunlanishi kutilmoqda.

Mazkur tranzaksiyani amalga oshirida biz ochiq raqobat asosida tanlab olingan “Citigroup”, “Société Générale”, “Standard Chartered Bank”, “MUFG”, “ICBC” va “Mashreqbank” kabi yetakchi investitsiya banklari bilan hamkorlik qildik. Bunday strategik tanlovdan ko`zlangan asosiy maqsad AQSh, Yevropa, Buyuk Britaniya, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi xalqaro investorlarni keng jalb qilish hisoblanadi.

Investorlar qamrovini maksimal darajada kengaytirish yondashuviga sodiq qolgan holda, Finasia Capital kompaniyasi tomonidan tranzaksiyani tuzilmalashtirishga alohida e`tibor qaratildi. Birinchidan, tranzaksiyaga tayyorgarlik muddati (2.5 oy) qisqa ekanligiga qaramay, korporativ obligatsiyalar “Reg S/144 A” formatda AQShlik investorlarning to`g`ridan-to`g`ri ishtirokini ta`minlagan holda joylashtirildi. Bu strategiya oʻz samarasini berdi. Natijada, investorlar tomonidan Agrobank obligatsiyalariga bo`lgan talab 1 milliard AQSh dollarini tashkil qildi va bu Oʻzbekiston moliyaviy tashkilotlari orasida eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi.

Shuningdek, xalqaro standardlar va “ICMA” tamoyillariga to`liq javob beradigan Agrobank “Yashil obligatsiyalar dasturi” (Green Bond Framework) ishlab chiqilib, “Sustainable Fitch” reyting agentligidan "Aʼlo" darajadagi ijobiy xulosa olindi va korporativ obligatsiyalar “Yashil” obligatsiyalar sifatida chiqarildi. Agrobank “Yashil obligatsiyalar dasturi”ning yana bir muhim xususiyati shundaki, ushbu dastur sindikatlangan kredit tranzaksiyasini ham o`z ichiga oladi va bu esa Yashil/ESG qarz beruvchilarning ham tranzaksiyada ishtirok etishini taʼminlaydi.

Tayyorgarlik bosqichida Finasia Capital jamoasi tranzaksiya ishtirokchilari bilan muzokaralar olib borgan va ularning faoliyatini muntazam ravishda muvofiqlashtirgan holda, tranzaksiyaga tegishli bo`lgan barcha hujjatlar, tahliliy materiallar, investorlar uchun taqdimotlarni tayyorlashda Agrobankka yaqindan ko`mak berdi. Bundan tashqari, Finasia Capital turli marketing tadbirlarida, jumladan roadshow tadbirlari, investorlar bilan turli formatdagi uchrashuvlar, shuningdek investorlar ishtirokida bo`lgan global videokonferensiyada (Global Investor Call) faol ishtirok etdi, bu esa Agrobankning investitsiyaviy jozibasini namoyish etishga imkon berdi.

Investor dastlabki uchrashuvlar (Non-deal roadshow) 2024-yil 2-6-avgust kunlari BAAning Dubai va Abi Dhabi shaharlarida Yaqin Sharqning nufuzli investorlari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Mazkur samarali uchrashuvlar natijasida, tranzaksiya e’lon qilinishidan oldin Agrobank Yaqin Sharq investorlari orasida katta qiziqishni uyg’otdi. Shuningdek, 20-sentyabr kuni GIC dan soʻng investorlar bilan bir nechta 1-1 va kichik guruh formatidagi uchrashuvlar bo`lib o`tdi va Agrobankning investitsion jozibadorligi xalqaro investorlarga, jumladan Buyuk Britaniya, Yevropa, Osiyo va AQShning gʻarbiy qirgʻogʻidagi investorlarga namoyish etildi. Yuma-yuz Roadshow uchrashuvlari 23-sentyabr kuni Nyu-Yorkda va 24-sentyabr kuni Londonda boʻlib oʻtdi, bu esa asosiy buyurtmalarni qabul qilish va bitimning narxini belgilash boʻyicha muhim fikr-mulohazalarni olish imkonini berdi.

Marketing jarayoni davomida Finasia Capital makroiqtisodiy va siyosatga oid boʻlimlarni qamrab olgan muhim kirishlarni taqdim etdi. Bu Finasia Capitalning boshqaruv direktorining sobiq hukumat lavozimidagi tajribalari asosida amalga oshirildi.

Shuningdek, Finasia Capital jamoasi tranzaksiya e`lon qilinishi oldi, buyurtmalar yig`ish va tranzaksiyani amalga oshirish jarayonlarida xalqaro kapital bozorlarida Oʻzbekiston banklari orasida eng yuqori talabni qo`lga kiritilishini ta`minlagan muhim qarorlarni qabul qilishda Agrobankni yaqindan yordam ko`rsatdi.

Investorlarni keng jalb qilish maqsadida Agrobankning 300 million AQSh dollar miqdoridagi 5 yillik xalqaro korporativ obligatsiyalari 9.75-9.9% atrofidagi dastlabki foiz stavkasi bilan eʼlon qilindi. AQSh bozori ochilgunga qadar, buyurtmalar kitobi 650 million AQShdollariga yetdi. AQSh bozori ochilgach, investorlar tomonidan ushbu obligatsiyalarga bo`lgan jami talab 1.1 milliard AQSh dollariga yetdi hamda investorlar talabi asosida yangi transh - 2 yillik O`zbek so`mida denominatsiya qilingan obligatsiyalar 22% atrofida eʼlon qilindi.

Toʻgʻri strategiya samara berdi – Agrobank 5 yillik AQSh dollaridagi korporativ obligatsiyalarning foiz stavkasini ikki marotaba tushirishga erishdi va yakuniy buyurtmalar kitobini 1 milliard AQSh dollarida saqlab qoldi. AQSh dollaridagi obligatsiyalar 9.25% foiz stavkasi (kupon) va 9.50% daromadlilik bilan muvaffaqiyatli joylashtirildi. Yuqori investorlar talabi Agrobankga obligatsiya hajmini 300 million AQSh dollaridan 400 million AQSh dollarigacha oshirish imkonini berdi. Shuningdek, bankning 2 yillik O`zbek so`mida denominatsiya qilingan korporativ obligatsiyalari 700 milliard soʻm miqdorida 21.75% foiz stavkasi (kupon) bilan muvaffaqiyatli chiqarildi.

Ta`kidlash joizki, mazkur tranzaksiya Agrobankka qo`shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bir qatorda, bank uchun strategik ahamiyatga ega bo`lgan xalqaro moliya bozorida yetakchi investitsiya banklari bilan uzoq muddatli biznes aloqalarni yo`lga qo`yish, moliyaviy resurslar uchun yangi bozorlarni kashf qilish va investorlar qamrovini oshirish, jalb qilinayotgan moliyaviy intrumentlar turlari va valyuta kesimida diversifikatsiya qilish kabi imkoniyatlarni ochdi.

Agrobankning bitimi haqida matbuotda juda ijobiy sharhlar berildi. GlobalCapital IFR va BondRadar kabi jahonning nufuzli manbalari Agrobankning global bozorlardagi ijobiy tajribasi haqida bong urdilar.