O‘zbekneftgaz Evroobligatsiya Emissiyasi

O‘zbekistonning milliy energetika yetakchisi – “O‘zbekneftgaz” xalqaro qarz bozorlariga muvaffaqiyatli qaytdi

2025-yil aprel – O‘zbekistonning davlatga tegishli, to‘liq integratsiyalashgan neft-gaz kompaniyasi — “O‘zbekneftgaz” AJ (UNG), xalqaro qarz bozorlariga yangi evroobligatsiya chiqarmoqda va bu orqali moliyaviy holatini mustahkamlab, diversifikatsiyalash strategiyasini davom ettirmoqda.

Dastlab 500–750 million AQSh dollari miqdorida chiqarilishi rejalashtirilgan ushbu emissiya investorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Yakuniy hajm 850 million AQSh dollari miqdoridagi 5 yillik obligatsiyalar bo‘lib, 8.75% kupon bilan joylashtirildi. Buyurtmalar hajmi 1.8 milliard AQSh dollariga yetdi va talab taklifdan 2 baravar ortiq bo‘ldi, bu esa UNG’ning moliyaviy barqarorligi va strategik yo‘nalishiga bo‘lgan yuqori ishonchni ko‘rsatadi.


Finasia Capital’ning moliyaviy maslahatchi sifatidagi roli
Finasia Capital Maslahati

Finasia Capital UNG’ning moliyaviy maslahatchisi sifatida emissiyaning barcha bosqichlarida – g‘oyadan tortib amalga oshirishgacha – to‘liq ko‘lamli maslahat xizmatlarini ko‘rsatdi. Kompaniya antderayter va yuridik maslahatchilarni tanlash, strategiyani ishlab chiqish, hamda marketing va taklif hujjatlarini tayyorlashda faol ishtirok etdi.

Shuningdek, Finasia UNG vakillari bilan birgalikda Birlashgan Qirollik, Birlashgan Arab Amirliklari va AQShda o‘tkazilgan investorlar bilan uchrashuvlarda (deal va non-deal roadshow) qatnashdi. Yirik institutsional investorlar bilan olib borilgan muloqotlar yakuniy narxni aniq belgilashda va strategik buyurtmalarni jalb qilishda muhim rol o‘ynadi — natijada dastlabki narxdan deyarli 50 bazaviy punkt pastroq narxda joylashtirishga erishildi.


Dunyoning yetakchi banklari bilan hamkorlik
Banklar Sindikati

Evroobligatsiya emissiyasi Abu Dhabi Commercial Bank, Deutsche Bank, J.P. Morgan, MUFG va Standard Chartered Bank kabi yetakchi xalqaro investitsiya banklari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Joylashtirish geografiyasi quyidagicha taqsimlandi: Buyuk Britaniya (39.9%), AQSh (29.5%), Yevropa (12.4%), MENA mintaqasi (10.8%), Shveytsariya (5.5%) va Osiyo hamda boshqa mintaqalar (1.9%).


UNGning strategik o‘sishi va moliyalashtirish diversifikatsiyasi
UNG Investitsiya Loyihalari

Obligatsiyadan tushgan mablag‘lar qisqa muddatli qarzlarni qayta moliyalashtirish, shuningdek, kon va qayta ishlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish, va samaradorlikni oshirishga yo‘naltiriladi. Bu kompaniyaning kapital tuzilmasini optimallashtirish, moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirish va qarz muddatlarini uzaytirish strategiyasiga mos keladi.

Ushbu emissiya UNG’ning barqaror rivojlanishga, xalqaro standartlar va shaffoflikka sodiqligini, hamda O‘zbekiston iqtisodiy modernizatsiyasidagi yetakchi rolini yana bir bor tasdiqlaydi.


Hamkorlik va professionallik namunasi
UNG va Finasia Hamkorligi

Ushbu muvaffaqiyatli emissiya Finasia Capital’ning O‘zbekiston yetakchi institutlari bilan barqaror hamkorligini mustahkamlab, xalqaro kapital bozorlaridagi murakkab operatsiyalar bo‘yicha yetakchi maslahat xizmatlarini taqdim etish salohiyatini ko‘rsatdi. Finasia davlat va korporativ emissiyalar bo‘yicha boy tajribasiga tayangan holda, O‘zbekistonning global moliya tizimiga integratsiyasini va uzoq muddatli, barqaror iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.