Forum rasmi

Finasia Capital Agrobank uchun yana bir katta yutuq: ortiqcha talab bilan ko‘p valyutali yashil sindikat kreditini muvaffaqiyatli yopishda yordam berganidan faxrlanadi

2024-yil 25-noyabr – O‘zbekistonning uchinchi yirik banki Agrobank ko‘p valyutali yashil sindikat kreditini jalb qilish bo‘yicha muhim yutuqqa erishdi. Ushbu muhim kelishuv natijasida jami 250 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb qilindi. Bunga 160 million AQSh dollari, 31 million yevro, 4 026 million yapon iyenasi hamda 222 million Xitoy yuani kirdi. Ushbu kelishuv Agrobank’ning strategik rivojlanishi va barqaror moliyalashtirishga bo‘lgan sadoqatida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur bitim 18 nafar investordan kuchli talabni jalb qildi va natijada buyurtma kitobi 375 million AQSh dollaridan oshdi. Ushbu katta muvaffaqiyat O‘zbekiston moliya bozoriga va Agrobank’ning istiqbollariga nisbatan xalqaro ishonchning ortib borayotganini yana bir bor namoyish etdi.

Finasia Capital’ning strategik roli

Finasia Capital Agrobank’ga eksklyuziv moliyaviy maslahatchi sifatida xizmat qilishdan faxrlanadi va kelishuv jarayonining barcha bosqichlarida har tomonlama yordam ko‘rsatdi. Loyiha Agrobank’ning moliyaviy holati va moliyalashtirish ehtiyojlarini chuqur tahlil qilishdan boshlandi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta Finasia Capital banklarni bir vaqtning o‘zida kredit va obligatsiya kelishuvlari uchun jalb qilish amaliyotini joriy qildi. Ushbu innovatsion yondashuv katta muvaffaqiyatga erishib, bozor tomonidan katta qiziqish uyg‘otdi. Agrobank 2024-yil 25-sentabrda 400 million AQSh dollari miqdorida evrobondlarini muvaffaqiyatli chiqarishni amalga oshirdi.

Yashil obligatsiyalar va yashil sindikat krediti bo‘yicha Finasia Capital eng yuqori darajadagi xalqaro banklarni tanlashda asosiy rol o‘ynadi. Ushbu banklar xalqaro investorlarning AQSh, Yevropa, Buyuk Britaniya, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq kabi hududlardan turli qatlamlarini jalb qilish uchun strategik ravishda tanlangan. Finasia Capital shuningdek Agrobank’ga o‘zining birinchi “Yashil moliyalashtirish doirasi”ni ishlab chiqishda yordam berdi. Ushbu doira ICMA Yashil obligatsiyalar tamoyillari va LMA/LSTA/APLMA Yashil kredit tamoyillariga mos keladi. Sustainable Fitch tomonidan berilgan “A’lo darajadagi moslik” bahosi mazkur doiraning ishonchliligini yanada mustahkamladi va yashil hamda ESGga e’tibor qaratgan kreditorlarni jalb qilish imkoniyatini oshirdi.

Kuchli talab va strategik natijalar

Kelishuvni puxta tuzish va faol marketing kampaniyasi O‘zbekiston moliyaviy institutlari ishtirokidagi kelishuvlar uchun eng yuqori bo‘lgan 375 million AQSh dollaridan ortiq talabni jalb qildi. Finasia Capital barcha manfaatdor tomonlarni muvofiqlashtirish, Agrobank’ga muhim hujjatlar, investor taqdimotlarini tayyorlashda yordam berish va muzokaralarni olib borishda faol ishtirok etdi. Marketing kampaniyasi, jumladan, bank va investorlar bilan uchrashuvlar va 2024-yil 2–6-avgust kunlari BAAda o‘tkazilgan roadshow(Investorlar bilan yuzma yuz uchrashuvlar) Yaqin Sharq investorlarining katta qiziqishini jalb qilishda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Agrobank rahbariyati Finasia Capital’ning yordami bilan xalqaro ishtirokchilarga bankning kuchli tomonlari va O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini muvaffaqiyatli namoyish qildi.

Agrobank uchun transformatsion kelishuv

Mazkur yashil sindikat krediti Agrobank uchun muhim moliyaviy resurslarni ta’minlabgina qolmay, balki yetakchi xalqaro banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatadi, bank investorlar bazasini kengaytiradi va uning moliyalashtirish portfelini asbob va valyutalar bo‘yicha diversifikatsiya qiladi. Ushbu kelishuvning muvaffaqiyati Agrobank’ni O‘zbekistonning yetakchi moliyaviy instituti sifatida mavqeini mustahkamlaydi va Finasia Capital’ning innovatsion va samarali moliyaviy maslahat xizmatlarini taqdim etish borasidagi majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.